O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI


Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI


O‘zbekiston davlat sport akademiyasi yuqori malakali sport kadrlarini zamon talablaridan kelib chiqib mutlaqo yangi sharoitlarda tayyorlash, yangi avlod sportchilari va trenerlarini yetishtirish orqali sportdagi yutuqlarimizni yana-da kengaytirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil qiladi.


Akademiya xuzurida:


Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari;

Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi;

O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi mavjud.


Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilangan:


-sport sohasida natijalari yuqori bo‘lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash;

-kadrlarni tayyorlash jarayoniga xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish hamda ilmiy asoslangan metodikalarini yaratish;

-sport sohasida kompleks ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar hamda laborator sinovlar tashkil etish;

-jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy o‘qitish mexanizmlarini joriy etish;

-respublikada sport sohasida zamonaviy nazariya va amaliyot tizimini joriy qilish usullari hamda xususiyatlarini o‘rganish orqali yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlab borish;

-musobaqalar natijalarini chuqur ilmiy yondashuv asosida tahlil qilib borish, ular natijasida sportdagi yutuqlarni yana-da kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.


Akademiya davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib, o‘z faoliyatida Sport vazirligiga hisobdordir;


Akademiyaga talabalarni qabul qilish parametrlari Respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida belgilanadi;


Akademiya talabalarining kontingenti, birinchi navbatda, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari bo‘yicha so‘nggi bir yilda Jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan olimpiya va paralimpiya kollejlari, shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari orasidan ularning sport natijalariga qarab, saralash (seleksiya) asosida shakllantiriladi.


Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan saralab olingan bitiruvchilar Akademiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi;


Akademiya bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi;


Akademiya talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi;


Akademiyada sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni yashash uchun zaruriy jihozlar hamda sutkalik oziq-ovqat normasi bilan taʼminlashda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari normativlari tatbiq etiladi;


Akademiyaga quyidagi huquqlar berilgan:


-Akademiyaning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi;

-Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida sport taʼlimi jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarini belgilash, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ularning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash;

-Sport vazirligi bilan birgalikda Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va homiylik mablag‘lari hisobidan xorijiy mutaxassislarni, shu jumladan, mahalliy yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni, terma jamoa trenerlarini jalb qilish, shuningdek, mehnatga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan tartibda belgilash;

-Chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun milliy valyutada borish-kelish aviachiptalarini (uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilganda bir yilda ko‘pi bilan ikki marta) xarid qilish va mehmonxonada yashash xarajatlarini to‘lash;

-Sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlik to‘g‘risida idoralararo bitimlar, shartnomalar tuzish;

-Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kuzatuv kengashiga, zarur hollarda, Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi;


Akademiya bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikati, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 6 yilga beriladi;


Akademiyani tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga, uch yillik ish stajiga ega bo‘lgandan keyin — mutaxassisligi bo‘yicha rahbarlik lavozimlariga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi.





шаблоны DleФотошоп ОнлайнМониторинг игр с выводом денегHTML шаблоны скачать бесплатно
шаблоны DleФотошоп ОнлайнМониторинг игр с выводом денегHTML шаблоны скачать бесплатно