O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI


Sayt test rejimida ishlamoqda
O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga iqtidorli sportchilarni qabul jarayonlari davom etmoqda
  • 13-июн-2025, 12:58
  • admin
  • 134
  • 0

O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga iqtidorli sportchilarni qabul jarayonlari davom etmoqda

Qabul jarayonida Sport faoliyati (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga sport turlari bo‘yicha so‘nggi bir yil ichida Jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan, shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar, sport natijalariga ko‘ra 14 ta olimpiyaga oid va paralimpiya sport turlaridan saralanadi.

⚡️Saralash jarayoni olimpiyaga oid va paralimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan sportchilarning ko‘rsatkichlari, musobaqalarning nufuzi asosida yuqoridan quyi sari seleksiya tamoyili asosida amalga oshiriladi.

⚡️Sport akademiyasiga tavsiya etilayotgan nomzodlar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi yig‘ilishlari qarorlari asosida, tegishli sport turi bo‘yicha bosh murabbiy ishtirokida ko‘rib chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzurida tashkil etilgan Respublika komissiyasi qaroriga ko‘ra, ularning hujjatlari Davlat qabul komissiyasiga taqdim etiladi.

📑Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:
🟢Ariza 
🟢Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta)
🟢Tugatgan ta’lim muassasasi diplomi yoki attestati
🟢Sport yutuqlarini tasdiqlovchi rasmiy sertifikat, diplom yoki faxriy yorliqlar nusxalari
🟢Sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasi tomonidan berilgan tavsiyanoma

✅Mazkur hujjatlar to‘plami sport ta’lim muassasasi rahbari yoki sport turi bo‘yicha federatsiya/assotsiatsiya bosh kotibi tavsiyanomasi asosida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga elektron va qog‘oz shaklda (yig‘ma jildda) topshiriladi.

✅Sport akademiyasining Sport menejmenti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 6 ta Sport faoliyati (faoliyati turlari), Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, Sport psixologiyasi, Sport marketingi, Sport menejmenti, Sport huquqi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul jarayoni amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

🫥Batafsil ma’lumotlar O‘zbekiston davlat sport akademiyasining rasmiy sahifalarida (http://usas.uz/) e’lon qilinadi.

Boshqa yangiliklar

Sharhlar (0)


Sharh qoldiring

Yo'nalishlar

Kalendar 2023

«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031